Ertaga mamlakatimizda butun islom dunyosining eng ulug‘ va saxovatli bayramlaridan biri bo‘lgan muqaddas Qurbon hayitining birinchi kuni kutib olinadi. Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha baraka va saxovat ramzi bo‘lgan Ramazon (Oraza) oyi yakunlangandan keyin 71-kunda boshlanadigan ushbu bayram inson qalbini poklikka, ahillikka va xayr-sahovatga yetaklaydi. Ushbu muborak kunlarda dunyoning to‘rt burchagidan millionlab musulmonlar, shu jumladan, turkmanistonlik ziyoratchilar ham islomning muqaddas o‘choqlari bo‘lmish Makka va Madina shaharlariga haj farzini bado etish uchun yig‘ilmoqdalar.

Muhtaram Prezidentimiz Serdar Berdimuhamedovning Farmoniga muvofiq, bu yil Qurbon hayiti may oyining 27-28-29-kunlarida davlat miqyosida keng nishonlanadi. Shuningdek, xalqimiz bayramni samimiy va olijanob an’analarga ko‘ra yuqori kayfiyatda tashkil etishi uchun ushbu kunlar dam olish kunlari deb e’lon qilindi.

Qurbon hayitining eng asosiy diniy amallari va urf-odatlari quyidagilardan iborat:

  • Hayit namozi: Bayramning birinchi kuni erta tongda masjidlarda hayit namozi o‘qilib, yurtimizning osuda osmoni, xalqimizning ahilligi va farovonligi uchun muqaddas duolar qilinadi.
  • Qurbonlik qilish: Hayit namozi o‘qilgandan so‘ng xalqimiz tomonidan Xudoyoli qurbonliklari so‘yila boshlaydi va bu savobli amal bayramning uchinchi kuni oqshomigacha davom etadi. Shariat qoidalariga ko‘ra, qurbonlik uchun tanlangan hayvon sog‘lom va semiz bo‘lishi kerak.
  • Ulashish va mehribonlik: San’at darajasiga ko‘tarilgan insonparvarlik qoidalariga ko‘ra, qurbonlik qilingan hayvonning go‘sht teng uch qismga bo‘linadi. Uning birinchi qismi qurbonlik qiluvchining o‘z oilasiga qolsa, ikkinchi qismi qarindosh-urug‘ va qo‘shnilarga tortiq qilinadi. Uchinchi qismi esa ushbu muqaddas kunlarda qurbonlik qilishga qurbi yetmagan oilalarga va muhtojlarga saxovat bilan ulashiladi.

Qurbon hayitidan oldingi kunga Arafa kuni deyiladi. Bu kun butun islom dunyosida yilning eng muqaddas vaqti hisoblanadi. Shu kuni muqaddas haj farzini bajarayotgan ziyoratchilar Arofat tog‘iga yig‘ilib, duo va iltijolar qiladilar.

Asosiy amallar:

  • Ro‘za tutish: Hajda bo‘lmagan musulmonlar uchun Arafa kuni ro‘za tutish juda savobli bo‘lib, gunohlarning kechirilishiga bir imkoniyatdir.
  • Bayram tayyorgarligi: Uylarda tozalik ishlari olib borilib, bayram uchun pishme, nonlar yopiladi va qo‘shnilarga tarqatiladi.
  • Duo va iltijolar: Arafa kechasi tavbalar va qilinadigan barcha xayrli duolar eng ko‘p qabul bo‘ladigan pallasidir.

Ushbu muqaddas vaqt insonlarni ahillikka, mehr-muhabbatga chorlovchi va ertangi ulug‘ bayramga tayyorlovchi ma’naviy ko‘prikdir.

Bizning mamlakatimizda Qurbon hayiti nafaqat diniy amal, balki asrlar davomida yashab kelayotgan milliy jipslik, mehmondo‘stlik va yuksak saxovatning tantanasi sifatida har bir xonadonga bitmas-tuganmas shodlik va baraka olib keladi.

«Amulinfo» axborot portalining tahririyati ham fursatdan foydalanib, butun xalqimizni muqaddas Qurbon hayiti bilan tabriklaydi. Ushbu saxovatli kunlarda barakangiz artsin, so‘yadigan qurbonliklaringiz va qiladigan duo-iltijolaringiz Buyuk Parvardigor dargohida qabul bo‘lsin!