Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Teymur Charyýew va Mixail Titow 2026-yilgi mavsumda Qirg‘iziston chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ular to‘p suradigan jamoalar musobaqani dastlabki ikki o‘rinda yakunlab, oltin va kumush medallarga sazovor bo‘lishdi.
Yarim himoyachi Teymur Charyýew o‘ynaydigan «Bars» jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritib, oltin medallar bilan taqdirlandi. Hujumchi Mixail Titow vakillik qiladigan «O‘zgen» jamoasi esa ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medallarga sazovor bo‘ldi.
Teymur Charyýew 2026-yil yanvar oyida «Bars» safiga qo‘shilgan. U mavsum davomida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki marta golli uzatma amalga oshirdi.
Mixail Titow esa 2025-yil fevral oyidan buyon «O‘zgen» jamoasi tarkibida o‘ynab kelmoqda. U 22 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatma berdi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.