Turkmaniston transport-aloqa majmuasining moddiy-texnik bazasi zamonaviylashtiriladi. Bu haqda bugun raqamli tizim orqali o’tkazilgan Vazirlar Mahkamasi majlisida vitse-premyer B. Annayevning hisobotida ta’kidlandi. Bu haqda «Vatan» axborot dasturi xabar berdi.
Transport-aloqa majmuasida bajarilgan ish va xizmatlar o’sish sur’ati 113,6 foizga teng bo’ldi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan transportning barcha turlari bilan yuk tashish o’sish sur’ati 108,5 foizga, yo’lovchi tashish o’sish sur’ati esa 101,9 foizga yetdi.
Hisobot davrida Temir yo’l transporti vazirligi bo’yicha xizmatlar o’sish sur’ati 107,4 foiz, Avtomobil transporti vazirligi bo’yicha 114,9 foiz, «Turkmenxovoyollari» davlat xizmati bo’yicha 118,3 foizni tashkil etdi. Dengiz va daryo transporti davlat xizmatida bu ko’rsatkich 101,4 foiz, Aloqa vazirligida esa 115,1 foiz bo’ldi.
Turkmaniston Prezidenti hisobotni tinglab, tarmoqning moddiy-texnik bazasini zamonaviylashtirish bo’yicha ishlarni nazoratda saqlashni, yo’lovchi va yuk aylanmasini oshirish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni davom ettirishni, shuningdek raqamli tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanib, xizmat turlarini ko’paytirishni topshirdi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.