
Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo turkman-turk komissiyasining 9-yig‘ilishida ishtirok etish hamda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.
Turk ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, oliy martabali mehmonni Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Nazar Agaxanov, Turkiya Respublikasining Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Demirok hamda boshqa rasmiy shaxslar samimiy kutib oldilar.
Turkiya vitse-prezidenti Ashxobodga kelganidan so‘ng, tashrifining ilk kunida Qipchoqdagi Turkmanboshi Ruhy masjidini borib ko‘rdi. Bu yerda Jevdet Yilmaz Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an nomidan yuborilgan muqaddas Qur’oni Karim kitobini masjid imomiga sovg‘a sifatida topshirdi.
Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz boshchiligidagi rasmiy delegatsiya tarkibida ikki mamlakat hamkorligining strategik yo‘nalishlariga mas’ul bo‘lgan bir qator yuqori lavozimli rahbarlar bor. Delegatsiya tarkibida:
Rasmiy tashrif doirasida o‘tkaziladigan hukumatlararo komissiyaning 9-yig‘ilishi va oliy darajadagi uchrashuvlar qardosh turkman-turk munosabatlarini, iqtisodiy, savdo va energetika hamkorligini yangi bosqichlarga olib chiqishga qaratilgan.
Keywords