
Turkmaniston delegatsiyasi Fransiyada bo‘lib o‘tgan 79-Kann xalqaro kinofestivalida ishtirok etdi. Bu yilgi nufuzli kino tanlovining bosh mavzulari sun’iy intellekt, ijodiy iqtisodiyot va kinofilm ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etishdan iborat bo‘ldi.
Turkmanistonning Fransiya Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tashrif davomida mamlakatimiz vakillari Festivallar saroyida bo‘lib o‘tgan «AI Film Forum» sammitida qatnashdilar. Bu yerda ular xalqaro ekspertlar bilan sun’iy intellektni kinematografiya tizimiga integratsiya qilish (uyg‘unlashtirish) masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Shuningdek, IT sohasi bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu muzokaralarda virtual ishlab chiqarish va neyrotarmoqlardan turkman kino san’atida foydalanishning kelgusi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, Fransiyaning Milliy kinematografiya markazi turkmanistonlik mutaxassislarni texnologik innovatsiyalarning immersiv ko‘rgazmasi bilan tanishtirdi.
Uchrashuvlar natijasida, AQSh va Yevropaning eng yirik kinoindustriya vakillari Turkmaniston kinematografiya tizimini rivojlantirishga katta qiziqish bildirayotganliklarini tasdiqladilar va kino san’atini raqamlashtirish yo‘nalishida hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.
Keywords