
Bugun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raqamli tizim orqali Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisini o‘tkazdi. “Watan” axborot dasturida xabar berilganidek, majlisda davlat hayotiga daxldor bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Majlis davomida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosarlari o‘zlari nazorat qiladigan tuzilmalarda olib borilayotgan ishlar, ularning natijalari, shu jumladan, milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarini yanada rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, avval berilgan topshiriqlarning bajarilishi, madaniy-gumanitar, tashqi siyosat hamda boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar haqida hisobot berdilar. Shuningdek, davlat rahbarining ko‘rib chiqishi uchun bir qator takliflar ham taqdim etildi.
Turkmaniston Prezidenti hisobotlarni tinglab, mamlakatning turli majmualarida, milliy iqtisodiyot tarmoqlarida olib borilayotgan ishlar, tarmoqlarni yanada rivojlantirish borasidagi vazifalar, xalqaro munosabatlar bilan bog‘liq holda tegishli rahbarlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, tegishli hujjatlarni imzoladi. Majlis davomida davlat hayotiga daxldor boshqa bir qator muhim masalalar ham ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Majlis yakunida Turkmaniston Prezidenti fursatdan foydalanib, majlis ishtirokchilarini va mehriban xalqini Ashxobod shahri kuni hamda muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbdan tabrikladi. Majlis ishtirokchilari ham davlat rahbariga hamda turkman xalqining Milliy Lideriga qutlug‘ sanalar munosabati bilan chin yurakdan tabriklarini izhor etdilar.
Keywords