Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlatlari Baştutanlari va Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining ishtirokida oʻtkaziladigan norasmiy uchrashuvda qatnashish uchun ish safari bilan Qirgʻiz Respublikasiga keldi. Bu haqda Turkmaniston rasmiy matbuoti xabar beradi.
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovni “Issiq-Koʻl” xalqaro aeroportida Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi — Prezident Devoni rahbari Adylbek Kasimaliyev kutib oldi.
Issiq-Koʻl viloyatining Cholpon-Ata shahrida boʻlib oʻtayotgan uchrashuv davomida mintaqa mamlakatlari davlat rahbarlari an'anaviy hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda davlatlararo munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qiladilar. Shuningdek, ular mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi oʻzaro qiziqish uygʻotadigan muhim masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti ham ishtirok etmoqda. Uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va umumiy manfaatlar yoʻlida oʻzaro aloqalarni mustahkamlash asosiy e'tibor markazida boʻladi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.