
Turkmaniston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi energetika hamkorligining 20 yilligi munosabati bilan Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasining (CNPC International Ltd) Turkmanistondagi filiali bosh direktori Du Yuymin Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga tabrik xati yo‘lladi.
Tabrikda ta’kidlanganidek, o‘tgan yigirma yil davomida tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar jahon darajasidagi strategik hamkorlik namunasiga aylandi. Ushbu hamkorlik nafaqat iqtisodiy manfaatlarga, balki mustahkam ishonch va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga asoslanadi. CNPC rahbari dunyodagi eng yirik gaz konlaridan biri bo‘lgan “Galkinish” konini o‘zlashtirishda ishtirok etish Turkmanistonning energetika salohiyatini oshirishda yangi bosqich bo‘lganini alohida qayd etdi.
Turkman-xitoy hamkorligining samaradorligini aniq raqamlarda ko‘rish mumkin. 2009-yilda Turkmaniston — Xitoy gaz quvuri ishga tushirilgandan buyon:
Ushbu ko‘rsatkich Turkmanistonning jahon energetika bozoridagi ishonchli o‘rnini va Xitoyning o‘sib borayotgan iqtisodiyoti uchun "moviy yoqilg‘i"ning asosiy manbai ekanini tasdiqlaydi. Avvalroq, Prezident Serdar Berdimuhamedov yaqin kunlarda tarixiy ahamiyatga ega loyiha — “Galkinish” gaz konining to‘rtinchi bosqichiga start berilishini ma’lum qilgan edi.
Keywords