«Markaziy Osiyo – Ozarbayjon» formatidagi ilk sammit 8-oktabrda Turkmanistonda o‘tkaziladi. Bu haqda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida aytdi.
Turkmaniston Prezidentining ta’kidlashicha, ilk sammit kun tartibi loyihasi allaqachon tayyorlanib, ushbu formatda qatnashuvchi barcha davlatlarga yuborildi.
Hurmatli Prezidentimiz kun tartibi loyihasiga hamkorlikning beshta asosiy yo‘nalishi kiritilganini aytdi.
«Biz kun tartibi loyihasini tayyorlab, ishtirokchi davlatlarga yubordik. Unda hamkorlikning beshta asosiy yo‘nalishi ko‘zda tutilgan. Bular: tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik bilan bog‘liq hozirgi zamon mintaqaviy va xalqaro masalalari bo‘yicha fikr almashish; Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan Ozarbayjonning siyosiy-diplomatik hamkorligini mustahkamlash; energetika, barqaror transport va logistika koridorlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish; atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va Orol dengizini tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish; shuningdek, madaniy, ta’lim va ilmiy aloqalarni rivojlantirish, talaba va yoshlar almashinuvlarini kengaytirish», dedi Turkmaniston Prezidenti.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.