2026-yil 1-maydan boshlab Turkmaniston fuqarosi pasportidan foydalanish va uni saqlash bilan bog‘liq yangi jarimalar kuchga kiradi. Prezident Serdar Berdimuhamedov tomonidan imzolangan yangi qonunga muvofiq, pasportdan noqonuniy foydalanish, unga zarar yetkazish, shuningdek, pasportni garov sifatida qabul qilish taqiqlanadi.

Asosiy o‘zgarishlar (370, 371, 372-moddalar):

1. Pasportni yaroqsiz holga keltirish yoki yo‘qotish (370-modda):

  • Ehtiyotsizlik oqibatida zarar yetkazish yoki yo‘qotish: 1 dan 3 bazaviy miqdorgacha jarima.
  • Qasddan zarar yetkazish: 3 dan 5 bazaviy miqdorgacha jarima.
  • (Ilgari ushbu harakatlar uchun ogohlantirish yoki 1 bazaviy miqdorgacha jarima ko‘zda tutilgan edi).

2. Ro‘yxatdan o‘tish qoidalarini buzish (371-modda):

  • Jarimalar miqdori oshirildi: moddaning qismlariga ko‘ra 3 dan 6 gacha va 6 dan 10 bazaviy miqdorgacha.

3. Pasportni garovga olish va uni noqonuniy olib qo‘yish (372-modda): Endilikda pasportni qonuniy asoslarsiz olib qo‘yish bilan birga, uni garov (zalog) sifatida qabul qilish ham jiddiy huquqbuzarlik hisoblanadi:

  • Jismoniy shaxslar uchun: 1 dan 2 bazaviy miqdorgacha jarima.
  • Mansabdor shaxslar uchun: 5 bazaviy miqdor miqdorida jarima.
  • Yuridik shaxslar uchun: 6 bazaviy miqdor miqdorida jarima.