Turkmanistonda xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan CAWEP 2.0 dasturida qatnashish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Qatnashish istagidagi tadbirkor ayollar o‘z arizalarini 14-sentabrgacha topshirishlari mumkin.

Central Asian Women's Entrepreneurship Programme (CAWEP 2.0) Markaziy Osiyoning beshta davlatidan, shu jumladan Turkmanistondan jami 35 nafar xotin-qiz tadbirkorni bir joyga jamlaydi.

Dastur mashg‘ulotlari rus tilida yetti hafta davomida onlayn shaklda o‘tkaziladi. Ishtirokchilar raqamli vositalar va sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, internet makonida biznesni rivojlantirish, mijozlar bilan samarali muloqot qilish, raqamli reklama, mahsulotlarni onlayn savdo maydonchalarida joylashtirish hamda moliyaviy resurslarni raqamli boshqarish kabi yo‘nalishlarda bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

O‘qish jarayonida 20 ga yaqin murabbiy va taklif etilgan mutaxassis ishtirok etib, qatnashchilarga maslahat va ustozlik ko‘magini beradi.

CAWEP 2.0 dasturi Markaziy Osiyoning turli mamlakatlaridagi xotin-qiz tadbirkorlar o‘rtasida tajriba almashish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishni ham maqsad qilgan.

Dastur onlayn o‘qishlarining yakuniy bosqichi sifatida 1–2-dekabr kunlari Bishkek shahrida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda dastur qatnashchilari va ma'ruzachilarning bir qismi ishtirok etadi.