Turkmanistonda algoritmik dasturlash bo‘yicha o‘tkaziladigan RuCode 2026 xalqaro olimpiadasida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Musobaqa 2026-yil 18-oktabrda bo‘lib o‘tadi va Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi hamda «Abadiy oltin» («Baky Tylla») ta'lim markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Olimpiada maktab o‘quvchilari, talabalar va IT sohasida ishlaydigan mutaxassislarni qamrab oladi. Musobaqa jamoaviy shaklda o‘tkazilib, har bir jamoada bir nafardan uch nafargacha qatnashchi bo‘lishi mumkin.
Ishtirokchilar tayyorgarlik darajasiga qarab uchta yo‘nalishdan birini tanlashlari mumkin: A–B darajalar tajribali dasturchilar uchun, C–D asosiy algoritmlarni biladigan qatnashchilar uchun, E–F esa dasturlashni endi boshlaganlar uchun mo‘ljallangan.
Turkmanistonda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan qatnashchilarga dekabr oyida Moskvada o‘tkaziladigan katta finalda qatnashish uchun maxsus taklifnoma beriladi. Olimpiadaning o‘tgan yilgi bosqichi qatnashchilar soni bo‘yicha Rossiya rekordlar kitobiga kiritilgan edi.
Musobaqada qatnashish istagida bo‘lganlarga o‘rinlar cheklangani sababli oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma'lumotlar RuCode rasmiy saytida mavjud.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.