
O‘zbekiston va Quvayt Turkmaniston orqali o‘tadigan transport yo‘nalishini rivojlantirish imkoniyatlarini, shuningdek, Eron yoki Turkiya va Iroq orqali o‘tadigan muqobil yo‘nalishlarni muhokama qilmoqdalar.
Tegishli masala O‘zbekistonning Quvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusovning Quvayt savdo va sanoat vaziri Osama Xalid Abdulla Buday bilan o‘tkazgan uchrashuvida ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Uchrashuvda ushbu tashabbus O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlarining Ko‘rfaz mamlakatlariga eksportini kengaytirishga qaratilgani va Quvayt ushbu transport koridorining rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlashi bayon etildi.
Quvaytni tranzit markazi sifatida foydalanish o‘zbek mahsulotlarining Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, BAA va Ummon bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishini ta’minlashi mumkinligi ta’kidlandi.
Keywords