Turkmaniston Prezidenti adabiyot, madaniyat va san’at xodimlari, boshqa ijodkorlar, yosh havaskor qo‘shiqchilar hamda iqtidorli bolalar o‘rtasida «Turkmanlarning oltin asri» mukofotini qo‘lga kiritish uchun tanlov e’lon qilish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi.
Tanlovning asosiy maqsadi mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni, Turkmaniston mustaqilligining 36 yilligini, doimiy betaraflikning tarixiy ahamiyatini, Vatanning xalqaro nufuzini, milliy madaniy meros va qadimiy qadriyatlarni o‘z ijodiy asarlarida aks ettiradigan iste’dodli ijodkorlarni aniqlashdan iborat.
Shuningdek, tanlov ijodkorlarning kasbiy mahoratini rag‘batlantirish, turkman adabiyotini yirik hajmli asarlar bilan boyitish va milliy san’atni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Qarorga muvofiq, tanlov g‘oliblari belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha saralab olinadi. Shu bilan birga, yana bir qator ijodiy tanlovlar ham e’lon qilindi. Ular orasida yosh havaskor qo‘shiqchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan «Ýaňlan, Diýarym!» televizion tanlovi, dutorchi baxshi va sozandalar o‘rtasidagi «Çalsana, bagşy!» tanlovi hamda iqtidorli bolalar ishtirokidagi «Garaşsyzlygyň merjen däneleri» («Mustaqillik marvaridlari») tanlovi bor.
Turkmaniston Prezidentining tegishli Qarori «Edebiýat we sungat» («Adabiyot va san’at») gazetasida to‘liq e’lon qilinadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.