
«Turkmengeologiya» davlat korporatsiyasining avtotransport parki 4 ta zamonaviy «Sitrak ZZ4406 V395 ME» rusumli yuk tortuvchi avtomobillar bilan ta’minlandi. Bu haqda «Nebit-gaz» gazetasida xabar berildi.
Yangi kelgan texnikalar dunyoning ilg‘or texnologiyalarini o‘zida mujassam etgan va murakkab yo‘l sharoitlariga to‘liq moslashtirilgan qudratli transport vositalaridir. Ular geologlarning uzoq va borish qiyin bo‘lgan hududlarda olib borayotgan burg‘ilash hamda qidiruv ishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuchli motor tizimi va yuqori tortish qobiliyati bilan ajralib turadigan bu avtomobillar og‘ir burg‘ilash uskunalari, jihozlar va zarur materiallarni belgilangan manzillarga to‘siqsiz hamda o‘z vaqtida yetkazib berish imkonini beradi. Shuningdek, Turkmanistonning iqlim sharoitlariga chidamli shassi va mustahkam boshqaruv tizimi texnikaning uzoq muddatli va samarali ishlashini kafolatlaydi.
Yangi transport vositalarining ishlab chiqarishga joriy etilishi yer osti boyliklarini qidirishda vaqt tejamkorligini ta’minlash bilan birga, ishlarning yuqori sur’atlarda va xavfsiz amalga oshirilishiga katta hissa qo‘shadi.
Keywords