
Ashxobodda o‘tkazilayotgan “Turkmentravel – 2026” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi doirasida Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi faoliyati va Turkmaniston bilan hamkorlik natijalari haqida muhim ma’lumotlar berildi. Kompaniya vakili Jahan Chariyevaning ta’kidlashicha, Ashxobod va Moskva shaharlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar hozirgi vaqtda yo‘lovchilar orasida yuqori talabga ega.
Jahan Chariyeva 14–16-aprel kunlari o‘tkazilayotgan ushbu ko‘rgazmaning ahamiyatiga yuqori baho berdi:
“Kompaniyamiz Turkmanistonning dunyo sayyohlik ekotizimiga chuqur integratsiyalashuviga va tajriba almashish orqali hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyordir.”
Aviakompaniya vakili Turkmaniston bilan hamkorlik eng ijobiy holatda rivojlanayotganini qayd etib, kelgusida ham qatnovlar sifati va hamyonbopligini saqlab qolishni maqsad qilganliklarini ta’kidladi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va sayyohlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganining yorqin dalilidir.
Keywords