Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ashxobodda yashovchi, urush yillarida ortda mehnat qilgan faxriy Tanya Mushegovna Avakovani 98 yoshi bilan tabrikladi. Bu haqda Rossiyaning Turkmanistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

29-iyul kuni rossiyalik diplomatlar faxriyning xonadoniga tashrif buyurib, Vladimir Putinning tabrik xatini topshirdilar. Urush yillarida Tanya Avakova Ashxoboddagi yengil sanoat korxonalaridan birida ishlab, harbiylar uchun kiyim-kechak tayyorlash orqali frontga munosib hissa qo'shgan. Elchixona vakillari faxriyga mustahkam sog'lik va uzoq umr tiladilar.