
2026-yil 20–21-aprel kunlari Samarqand shahrida Turkmaniston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari O. Kakalyýew boshchiligidagi turkman delegatsiyasi “Jamiyat salomatligi va xavfsizligi yo‘lida transmilliy giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi. Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish va o‘t ochar qurollar agentligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Bu haqda Turkmaniston TIV rasmiy saytida xabar berilgan.
Forum doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bo‘yicha hozirgi global va mintaqaviy vaziyat, yoshlar o‘rtasida profilaktika choralari, davolash va ijtimoiy moslashuv tizimlarini rivojlantirish, shuningdek, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashda raqamli texnologiyalar va sun’iy intelekt asosidagi yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Keywords