Xitoy «BeiDou» sun'iy yo'ldosh navigatsiya tizimini modernizatsiya qilish bo'yicha orbitadagi ishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. O'tkazilgan tadbirlar tizim xizmatlari sifatini oshirishga va dunyoning turli burchaklaridagi foydalanuvchilar uchun navigatsiya ishonchliligini oshirishga qaratilgan.
Xitoy Sun'iy yo'ldosh navigatsiyasi boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, modernizatsiya doirasida tizimda ishlaydigan sun'iy yo'ldoshlarning bir qismining texnik imkoniyatlari takomillashtirildi. Shuningdek, «BeiDou» tizimining umumiy ish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi chora-tadbirlar ko'rildi.
Hozirgi vaqtda «BeiDou» navigatsiya tizimida 50 ta faol sun'iy yo'ldosh mavjud. Tizim jahon miqyosida joylashuvni taxminan 10 metrgacha xatolik bilan aniqlash imkonini beradi. Tezlik o'lchovining aniqligi sekundiga 0,2 metrgacha yetadi.
Bundan tashqari, tizim koordinatalarni ko'ndalang yo'nalishda 30 santimetrgacha, tik yo'nalishda esa 60 santimetrgacha aniqlik bilan belgilash imkonini beradi. Vaqtni belgilash aniqligi 20 nanosekunddan oshmaydi.
Xitoyning tegishli idoralari «BeiDou» tizimining imkoniyatlarini kelgusida ham kengaytirish rejalashtirilganini ta'kidlamoqdalar. Yangi navigatsiya texnologiyalarining joriy etilishi tizim xizmatlarining ishonchliligi va aniqligini yanada oshirishga qaratiladi.
«BeiDou» hozirgi kunda nafaqat Xitoy hududida, balki dunyoning turli mintaqalarida qo'llaniladigan muhim sun'iy yo'ldosh navigatsiya tizimlaridan biri hisoblanadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.