
Xitoyning “Shaanxi Yulin Energy Group” kompaniyasi Turkmanistonda magniy qotishmalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. Bu haqda “Trend” agentligi kompaniya raisi Gao Sisyunning chorshanba kuni Ashxobodda bo‘lib o‘tgan turkman-xitoy biznes-forumidagi so‘zlariga tayanib xabar berdi.
Kompaniya Turkmanistondagi tegishli tuzilmalar bilan strategik sheriklikni rivojlantirishga, resurslarni qayta ishlashga va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma hamkorlik platformalarini yaratishga tayyorligini ma’lum qildi.
Gao Sisyunning so‘zlariga ko‘ra, Turkmanistonning xomashyo bazasini kompaniyaning texnologik tajribasi bilan birlashtirish orqali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.
“Shaanxi Yulin Energy Group” – Xitoyning energetika va kimyo kompaniyasi bo‘lib, u ko‘mir qazib olish, kimyoviy ishlab chiqarish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga ixtisoslashgan.
Keywords