Yaponiyaning Turkmanistondagi elchixonasi ta’lim va madaniyat masalalari bo‘limi vakillari Änew shahrida bo‘lib o‘tgan karate musobaqalariga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Turkmaniston Karate federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda federatsiya raisi Welmyrat Gurbanmyradow, rais o‘rinbosari Ilmyrat Shanepesow hamda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining mukofotiga sazovor bo‘lgan Yashuzak Mämmetnazarow ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yaponiyalik vakillar Turkmanistonda karate sportining rivojlanishi bilan tanishdilar. Ular federatsiya vakillari va sportchilar bilan fikr almashdilar, shuningdek, musobaqalar jarayonini kuzatdilar.

Mazkur tashrif sport sohasida, xususan, karate yo‘nalishida Turkmaniston va Yaponiya o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda tajriba almashishga bo‘lgan qiziqishni namoyon etdi.