Yevropa davlatlarining bir nechtasi jahon neft bozoridagi vaziyatlar munosabati bilan ulkan daromad topayotgan neft kompaniyalariga maxsus soliq solish imkoniyatini muhokama qilishni taklif etdi.
AFP agentligining xabar berishicha, ushbu tashabbus bilan Germaniya, Italiya, Avstriya, Polsha, Portugaliya va Ispaniya chiqish qildi.
Bu mamlakatlarning moliya vazirlari hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Irlandiyaning moliya vaziriga tegishli xat yubordilar. Xatda neft kompaniyalarining haddan tashqari ulkan daromadlariga maxsus soliq solish masalasini YI moliya vazirlarining shu oy Dublinda o‘tkaziladigan uchrashuvi kun tartibiga kiritish taklif etiladi.
Taklif mualliflari jahon neft bozoridagi o‘zgarishlarning yirik energetika kompaniyalari moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta'sirini nazarda tutib, bu masala bo‘yicha Yevropa darajasida umumiy yondashuv muhokama qilinishini maqsad qilganlar.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.