
Irlandiyalik sportchi Konor Makgregor besh yillik tanaffusdan so‘ng UFC tashkilotiga qaytayotganini rasman tasdiqladi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni bo‘lgan Makgregorning 18 oylik chetlatish muddati 20-mart kuni yakuniga yetdi. Ushbu cheklov 2025-yil oktyabr oyida "Combat Sports Anti-Doping" tomonidan joriy etilgan edi. Sportchi 2024-yilda uch marta doping nazoratidan o‘tmaganligi sababli vaqtincha musobaqalardan chetlatilgan edi.
Jurnalist Ariel Xelvani bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Makgregorning qaytishidan keyingi ilk jangi 11-iyul kuni Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 330 turniri doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Makgregorning MMA faoliyatida 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat bor. U UFC tarixida bir vaqtning o‘zida ikki vazn toifasida — yarim yengil va yengil vaznda chempionlik kamarlariga ega chiqqan ilk sportchidir.
Keywords