
Lebap viloyatida o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan futbol chempionati murosasiz bahslarga boy bo'ldi. Musobaqada jami 8 ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda ishtirok etdi. Yarim finalda «Turkmanobod 2014» Farap ustidan 2:1 hisobida, «Turkmanobod 2015» esa Sayat ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Hal qiluvchi o'yinda Turkmanobod shahrining ikki jamoasi o'zaro to'qnash keldi. Qiziqarli kechgan bahsda «Turkmanobod 2014» jamoasi 3:0 hisobida zafar quchib, viloyat chempionligini qo'lga kiritdi. Yosh futbolchilarning ushbu muvaffaqiyati viloyatda sportga bo'lgan e'tiborning samarasidir.
Keywords