22-noyabr kuni Turkmaniston Davlat sirki yangi mavsumini ochib, tomoshabinlarga mazmunan boy va rang-barang dasturini taqdim etadi.
Yangi dastur doirasida oltita xalqaro sirk festivalida g‘olib bo‘lib, bosh sovrinlarni qo‘lga kiritgan «Galkynysh» milliy ot ustidagi o‘yinlar guruhi hamda «Turkman yigitlari» jamoasining chiqishlari namoyish etiladi.
Shuningdek, tomoshabinlar dunyoning turli hududlaridan keltirilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan hayvonlarning chiqishlarini tomosha qilishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish va chiptalarni band qilish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: 36-10-95, 36-10-34, 39-80-44, 39-80-45.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.