
Afg‘onistonning Badgis viloyatidagi Sang-Atash tumanidagi 21 qishloqni Turkmaniston energiya tizimiga ulash loyihasi ishga tushirildi.
«Bakhtar News» nashrining yakshanba kunidagi xabariga ko‘ra, loyiha «Breshna Sherkat» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Loyihaning qiymati 2 million AQSh dollariga teng bo‘lib, amalga oshirilishi bilan taxminan 7 ming oila elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Xabarda ishlar besh oy ichida yakunlanishi rejalashtirilgani qayd etilgan.
Avval Afg‘oniston energetika kompaniyasi bosh direktori Abdul Bari Omar, Turkmaniston–Afg‘oniston–Pokiston (TAP) elektr uzatish liniyasi loyihasi yo‘l xaritasi tayyorlanganini va yaqin orada turkman tomoniga yuborilishini ma’lum qilgan edi.
Keywords