
Markaziy Osiyoning beshta davlati — Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston — mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash maqsadida yangi yirik dasturni amalga oshirishni boshlamoqda. “Central Asia Water and Land Nexus” (CAWLN) deb nomlangan ushbu mintaqaviy loyihaning umumiy qiymati 30 million AQSH dollariga teng.
Dasturning rasmiy taqdimoti shu yilning 30-mayidan 6-iyuniga qadar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Global ekologik jamg‘armaning (GEF) 8-Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu muhim tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning bevosita ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi mintaqadagi 84 milliondan ortiq aholining 80 foizi uchun hayot manbai bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo havzalarini muhofaza qilishdan iboratdir. Bu daryolar nafaqat ichimlik suvi, balki mintaqaning oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilovchi asosiy arteriyalar hisoblanadi.
Dastur faqat suvni tejash bilan cheklanib qolmasdan, “nexus-yondashuvi” asosida kompleks ishlarni ko‘zda tutadi. Bu usul quyidagi yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi:
Loya doirasida Orol dengizi ekologiyasini yaxshilash uchun maxsus sinov loyihalari amalga oshirilishi kutilmoqda. Xususan, agro-o‘rmonchilik (qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilikni uyg‘unlashtirish) usullari joriy etiladi va mintaqa mamlakatlari o‘rtasida tajriba almashish uchun raqamli platformalar yaratiladi. Bu tashabbus mintaqa davlatlarining umumiy ekologik muammolarni hamjihatlikda hal qilishga bo‘lgan intilishining navbatdagi isbotidir.
Keywords