Lebap viloyatida 35 nafar otliq yigit ishtirokida “Amul–Hazar” nomli tarixiy otliq yurishga start berildi. Bu haqda “Türkmenistan” gazetasiga tayanib, “Atavatan Türkmenistan” nashri xabar bermoqda.

“Mustaqil, doimiy betaraf Turkmaniston — tulporlar maskani” yiliga bag‘ishlangan yurish ishtirokchilari Jayhun daryosi sohilidagi Turkmanobod shahri chekkasidan tantanali ravishda yo‘lga chiqdilar.

Yurishda mamlakatimizning barcha viloyatlari, shuningdek, Ashxobod va Arkadag shaharlaridan vakillik qiluvchi 35 nafar otliq yigit qatnashmoqda. Ular qadimiy Amul atroflaridan yo‘lga chiqib, Kaspiy dengizi sohilida joylashgan “Avaza” milliy turistik zonasiga qarab harakatlanadilar.

Tarixiy yurishning umumiy masofasi 1 755 kilometrni tashkil etadi. Ishtirokchilar ushbu masofani qariyb bir oy davomida bosib o‘tib, Turkmanistonning doimiy betarafligi bayrami arafasida “Avaza”ga yetib borishlari rejalashtirilgan.