2026-yil 22-noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landaý Turkmanistonga tashrif buyurdi. Bu haqda AQSHning Ashxoboddagi elchixonasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ma’lum qildi.

Amerikalik diplomat poytaxtga kelgan ilk kunida AQSH kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida savdo va investitsiyalar sohasidagi mavjud imkoniyatlar, shuningdek, ishbilarmon doiralarning ushbu yo‘nalishlardagi qarashlari muhokama qilindi.

AQSH Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, tashrif davomida Kristofer Landaý Turkmaniston rahbariyati, shuningdek, turkmanistonlik va amerikalik ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashadi. Muzokaralarda energiya resurslari eksporti yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, xususan, Transkaspiy yo‘lagi va TRIPP («Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp yo‘li») yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, tomonlar savdo va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish hamda mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni muhokama qilishi kutilmoqda.

Ashxobod Kristofer Landaýnig 16–24-noyabr kunlari amalga oshirayotgan mintaqaviy safarining so‘nggi manzili bo‘ldi. U Turkmanistonga kelishidan avval Tojikiston va Turkiyada bo‘ldi.