Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Raisi Si Szinpin va AQSh Prezidenti Donald Tramp 19-noyabr kuni Xitoyning Shenchjen shahrida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadilar. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi. Xabarni «Atavatan Türkmenistan» nashri e’lon qildi.

Dmitriy Peskovning aytishicha, uch davlat rahbarlarining uchrashuvi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi. U bu haqda quyidagilarni ta’kidladi: «Prezident Putin, Rais Si va Prezident Tramp o‘rtasida 19-noyabr kuni uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Uchrashuv APEC sammiti doirasida Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadi».

Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga a’zo iqtisodiyotlar rahbarlarining 33-yillik uchrashuvi 2026-yil 18–19-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Guandun provinsiyasidagi Shenchjen shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.