
AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, shuningdek Amerika Qo‘shma Shtatlarining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Serjio Gor Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Bu haqda Serjio Gor AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng ma’lum qildi. Suhbat davomida mintaqadagi so‘nggi ijobiy jarayonlar, jumladan uning Turkmanistonga amalga oshirgan tashrifi muhokama qilindi. Diplomat bu haqda seshanba kuni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Tashrif doirasida AQShning maxsus vakili Serjio Gor va AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlari vaziri Daniel Driskoll Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, shuningdek Turkmaniston Mudofaa vaziri Begench Gundog‘diyev bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.
Shuningdek, Serjio Gor Turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov hamda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlar chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
Keywords