
Avval xabar berganimizdek, turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida “Nicklaus Companies” kompaniyasi prezidenti Jon Riz hamda kompaniya rahbariyati vakillari bilan uchrashdi. Unda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida kompaniya ishtirokida qurilgan golf maydonchalarining turlari namoyish etildi.
Dunyoda yetakchi hisoblangan “Nicklaus Companies” kompaniyasi bilan ijobiy hamkorlik tajribasi to‘planganini ta’kidlab, turkman xalqining Milliy Lideri Arkadag shahrida va “Avaza” milliy sayyohlik zonasida zamonaviy golf maydonchalari qurilishi rejalashtirilayotganini aytdi. Ashxobod shahrida qurilgan golf maydonchasi shahar aholisi, ayniqsa, yoshlar orasida katta mashhurlikka erishganini qayd etib, Qahramon Arkadag Turkmaniston bunday yangi markazlar qurilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hamkor kompaniyaning takliflarini o‘rganishga tayyorligiga e’tibor qaratdi.
“Nicklaus Companies” kompaniyasi prezidenti dunyoda ishonchli hamkor bo‘lgan, xalqaro aloqalarni rivojlantirish uchun tegishli qonunchilik bazasi ta’minlangan Turkmaniston bilan hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ular uchun katta sharaf ekanini aytdi. Shuningdek, Jon Riz turkman xalqining Milliy Liderini Arkadag shahrida va “Avaza” milliy sayyohlik zonasida qurilishi maqsadga muvofiq deb hisoblangan bir qancha loyihalar bilan tanishishga taklif qildi. Turkman xalqining Milliy Lideri bu yerda namoyish etilgan loyihalar bilan yaqindan tanishib, Arkadag shahrida va “Avaza” milliy sayyohlik zonasida golf maydonchalarining qurilishi mamlakatning turli go‘shalarida ommaviy ravishda barpo etilayotgan ijtimoiy soha ob’ektlarini to‘ldirishini aytdi. Shuningdek, “Nicklaus Companies” kompaniyasi bilan samarali aloqalar yanada rivojlantirilishiga ishonch bildirildi.
Turkman xalqining Milliy Lideri Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi davomida bir qancha golf klublarida ham bo‘ldi.
Keywords