Turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguly Berdimuhamedow Arkadag shahriga ishchi safari bilan bordi. Qahramon Arkadagʻimiz bu yerda shaharni rivojlantirishning navbatdagi bosqichida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihalari, ularning bezak xususiyatlariga oid maʼlumotlar bilan tanishdi hamda tegishli rahbarlar ishtirokida ishchi yigʻilish oʻtkazdi.
Ishchi yigʻilishga din vakili Ya. Hojagulyýew ham taklif etildi. U 30 ming kishiga moʻljallangan, Arkadag shahrida bunyod etilayotgan masjidni butun xalqimizdan kelib tushgan takliflarni eʼtiborga olgan holda «Arkadagyň ruhy metjidi» deb atash boʻyicha qaror qabul qilingani va uning mamlakatimiz Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgani haqidagi xushxabarni yetkazdi.
Hoji Arkadagʻimiz buning uchun minnatdorlik bildirib, oʻziga bildirilgan yuksak ishonch uchun butun xalqimizga tashakkur izhor etdi hamda «Allohning uyi» deb hisoblanadigan nurli masjidda amalga oshiriladigan xayrli ishlar, qilinadigan duo-tilaklar Buyuk Zot dargohida qabul boʻlishini tiladi.
Ishchi yigʻilish davomida Arkadag shahri hokimi yangi masjidni «Arkadagyň ruhy metjidi» deb atash haqidagi guvohnoma topshirilishi munosabati bilan juma kuni «Märkaw» madaniy-hordiq markazida toʻy sadaqasini berish boʻyicha taklifni ilgari surdi.
Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi bu taklifni maʼqullab, toʻy sadaqasining juma kuni oʻtkazilishida chuqur maʼno borligini aytdi. Unda bildiriladigan ezgu niyatlar juma namozining yaxshi anʼanalari bilan uygʻunlashib, mamlakatimizda xayrli ishlarni amalga oshirish yoʻlida qilinayotgan saʼy-harakatlar keng koʻlamli tusga ega ekanini koʻrsatadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.