Turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguly Berdimuhamedow Arkadag shahriga ishchi safari bilan bordi. Turkman xalqining Milliy Lideri bu yerda yangi shaharni rivojlantirishning navbatdagi bosqichida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihalari, ularning bezak xususiyatlariga oid maʼlumotlar bilan tanishdi hamda tegishli rahbarlar ishtirokida ishchi yigʻilish oʻtkazdi.
Turkman xalqining Milliy Lideri yangi shahar hududini koʻzdan kechirib, bajarilayotgan ishlarning sifat darajasi muntazam nazorat ostida saqlanishi lozimligini topshirdi. Turkmanistonning xizmat koʻrsatgan arxitektori Qahramon Arkadag yangi shahar hududida qurilishi rejalashtirilgan zamonaviy inshootlarning loyihalari va ularning bezak xususiyatlari bilan tanishdi.
Turkmaniston Prezidenti huzuridagi Arkadag shahrini qurish davlat qoʻmitasi raisi D. Orazov hamda Arkadag shahri hokimi G. Mämmedowa yangi shahar qurilishining ikkinchi bosqichida qurilishi va zamonaviylashtirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy maqsadli binolar, jumladan, Gurbanguly Berdimuhamedow nomidagi homiylikka muhtoj bolalarga yordam koʻrsatish boʻyicha xayriya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan barpo etilayotgan chet tillariga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim oʻrta maktabi, bolalar bogʻchasi hamda sport majmuasining tayyorlangan loyihalari va yangi shahar hududida olib borilayotgan keng koʻlamli qurilish ishlari haqida maʼlumot berdilar.
Turkman xalqining Milliy Lideri yangi shaharning ikkinchi bosqichida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihalari bilan tanishib, ular yuzasidan oʻzining qimmatli maslahatlarini berdi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.