Ashxobod shahrida Turkmanistonning doimiy betarafligining 31 yilligi hamda Xalqaro betaraflik kuni munosabati bilan poytaxtni bayramga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari B. Annаmаmedov 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Hukumat majlisida hisobot berdi.
Tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtdagi ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega binolar va inshootlarda, shuningdek, turar joylarda ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bog‘lar va jamoat joylariga daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, turli xil manzarali gullar ekilmoqda.
Bundan tashqari, Xalqaro betaraflik kuni arafasida Ashxobodning xiyobonlari va ko‘chalarini bayramona bezatish ishlari davom ettirilmoqda. Ushbu ishlar shahar qiyofasini yanada go‘zallashtirish va bayramona muhit yaratishga qaratilgan.
Hisobotni tinglagan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakatning doimiy betarafligining 31 yilligi munosabati bilan turli tantanalar va tadbirlar o‘tkazilayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari Bosh vazir o‘rinbosariga poytaxtni obodonlashtirish va bayramona bezatish ishlarining bajarilishini nazorat qilishni topshirdi.
Xalqaro betaraflik kuni har yili 12-dekabrda nishonlanadi. Joriy yilda ushbu sana Turkmaniston doimiy betaraflik maqomiga ega bo‘lganining 31 yilligi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.