21-avgust kuni «Kids Expo: Barchasi bolalar uchun» xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida Italiya sport kuni tashkil etiladi. Bu haqda Italiyaning Ashxoboddagi elchixonasi o‘z rasmiy saytida xabar bermoqda.
Tadbirlar Chandibil ko‘chasida joylashgan Turkmaniston Savdo-sanoat palatasida soat 18:00 dan 19:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, «Kids Expo: Barchasi bolalar uchun» xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi 19-22-avgust kunlari Ashxobod shahrida o‘tkaziladi. U bolalar uchun mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, ta'lim muassasalari, xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillarini bir joyga jamlaydi.
Umumiy maydoni 8 000 kvadrat metrni tashkil etadigan ko‘rgazmaga 10 000 dan ortiq kishi tashrif buyurishi hamda Turkmaniston va xorijdan 100 dan ortiq ishtirokchi va soha mutaxassislari qatnashishi kutilmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.