
Turkman jamiyatida ayolga bo‘lgan hurmat alohida o‘ringa ega. Ona muqaddaslik, mehr va taft manbai sifatida qabul qilinadi. Oila o‘chog‘ining obodligi, farzandlar tarbiyasi, milliy urf-odatlarning davomiyligi ko‘pincha ayollar zimmasiga tushadi. Shu bilan birga, hozirgi davrda turkman ayollari nafaqat uy-ro‘zg‘orda, balki ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi kabi sohalarda ham muvaffaqiyatli mehnat qilmoqdalar.
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda tantanali tadbirlar, bayram konsertlari, ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi. Muhtaram Prezidentimiz nomidan ayol-qizlarimizga pul mukofotlari topshiriladi. Mehnatda o‘rnak ko‘rsatgan, jamoat ishlarida faollik ko‘rsatayotgan ayollar davlat mukofotlari va faxriy yorliqlarga loyiq ko‘riladi.
Bu esa ayollarning jamiyatdagi faolligining, ularning mehnatiga qo‘yilayotgan yuksak bahoning yaqqol isbotidir. Xalqaro xotin-qizlar kuni shunchaki bayram emas, balki ayol qadr-qimmatini baland tutish, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish muhimligini eslatuvchi kundir. Ayollarning baxtiyor hayoti, ularning jamiyatda keng imkoniyatlarga ega bo‘lishi davlatning barqaror rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
Kirib kelayotgan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Amul.info sayti ham barcha onalarimizni, kelin-qizlarimizni, munis ayollarimizni chin qalbda tabriklab, ularning yuzidan hamisha kulgu-shodiylik arimasligini, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va yangi muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
Keywords