
Bahor faslining eng ajoyib koʻrinishlaridan biri qoʻziqorinlardir. Qoʻziqorinlar oddiy koʻz bilan koʻrinadiganlaridan tortib, mikroskop orqali koʻriladiganlarigacha jonli organizmning hayratlanarli hayotini tashkil etadi. Barcha qoʻziqorinlar sporalar — mitti qoʻziqorin murtaklari orqali koʻpayadi. Shu sporalardan shoxlanib ketadigan ingichka iplarning chirmashishi natijasida qoʻziqorin ildizi (mitseliy) oʻsadi va u meva tanasini hosil qiladi. Bularning barchasi qoʻziqorin tizimida yer ostida rivojlanadi va yer yuziga shakllangan holatda chiqadi. Qoʻziqorinlarning yer ustidagi umri juda qisqa boʻlib, 2-3 kungacha davom etadi. Ammo qoʻziqorinning ildizi juda uzoq yashaydi.
Albatta, qoʻziqorinlarning turli xillari bor. Shampinyonlar bilan birga, ba’zi gumbazsimon qoʻziqorinlar ham iste’mol qilinadi. Qoʻziqorinlar tarkibida oqsillar, shakar, mineral tuzlar, fosfor kislotasi va boshqa vitaminlar mavjud. Qoʻziqorinlar koʻpincha daraxtlarning tubida oʻsadi. Buning sababi esa u daraxtdan shakar va aminokislotalarni olishi mumkinligidir. Oʻzining tarkibidagi organik boʻlmagan moddalarni esa daraxtga oʻtkazadi.
Bahor fasli kelishi bilan togʻ etaklarida, sahrolarda, daraxtlarning tubida qoʻziqorinlarni koʻrish mumkin. Ularning yoqimli hidi tabiatning goʻzal koʻrinishiga yanada koʻrk bagʻishlaydi.
Keywords