
Indoneziyaning durdonasi hisoblangan Bali oroli oʻzining betakror tabiiy goʻzalliklari va qaytarilmas madaniyati bilan dunyoning barcha burchaklaridan sayyohlarni oʻziga tortadi. Malay arxipelagi hududida, Hind va Tinch okeanlari bagʻrida joylashgan bu ajoyib orol koʻpincha «Romantiklar oroli» deb ataladi.
Maydoni 5 ming 780 kvadrat kilometrga teng boʻlgan orolning maʼmuriy markazi Denpasar shahridir. Bali orolining oʻziga xosligi uning shimoliy va sharqiy qirgʻoqlaridagi qora rangli qumli plyajlarida seziladi. Bu taʼsirli tabiiy hodisa vulqonlarning faolligi natijasida vujudga kelib, orol landshaftiga qaytarilmas koʻrk beradi.
Bali oroli nafaqat tabiati, balki ruhiy qadriyatlari bilan ham mashhurdir. Orolada 10 mingdan ortiq ibodatxonaning mavjudligi sababli, unga «Tangri oroli» yoki «Ming ibodatxona oroli» deyiladi. Sayyohlarning eng koʻp tashrif buyuradigan joyi esa «Jannat darvozasi» sifatida tanilgan mashhur Lempuyang Luxur ibodatxonasidir.
Orolning ibodatxonalarida deyarli har doim uchraydigan «svastika» belgisi sanskrit tilidan tarjima qilinganda «xushniyatlilik» maʼnosini beradi. Orol madaniyatiga hurmat bajo keltirish maqsadida sayyohlar uchun ibodatxonalarga kirishda bajarilishi lozim boʻlgan baʼzi qoidalar mavjud:
Bu qoidalar orolda yashovchi mahalliy aholining oʻz ota-bobolariga, muqaddas joylarga va tarixga boʻlgan chuqur hurmatining belgisidir. 1980-yillardan beri dunyoning eng mashhur sayyohlik markazlaridan biriga aylangan Bali oroli sayyohlarga nafaqat dam olish, balki tarixiy va ruhiy dunyoni ochish imkoniyatini ham beradi.
Keywords