
Angliya milliy terma jamoasi futbolchisi Entoni Gordon “Nyukasl”dan Ispaniyaning “Barselona” jamoasiga o‘tdi. Bu haqda “Barselona” matbuot xizmati xabar bermoqda.
25 yoshli futbolchi bilan 2031-yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi.
Gordon 2023-yildan beri “Nyukasl”da o‘ynab kelayotgan edi. U jamoa bilan birgalikda 2024/25-yilgi mavsumda Angliya liga kubogi sohibiga aylandi. Angliya chempionatining o‘tgan mavsumida o‘tkazgan 26 ta o‘yinida futbolchi 6 ta gol urdi. Bungacha u “Everton” jamoasida to‘p surgandi.
Gordon Angliya milliy terma jamoasi tarkibida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan. U 2024-yilda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatining kumush medali sohibidir.
Keywords