«Belet» striming platformasi musiqachilar o‘rtasida o‘tkaziladigan «Tarap» nomli yangi tanlov ko‘rsatuvini tomoshabinlarga havola etdi.

«Bitta sahna, ikki taraf, bitta g‘olib» shiori ostida o‘tayotgan ushbu musiqiy tanlovda ikki nafar mahoratli xonanda bir sahnada o‘zaro bellashadilar. Tanlov 5 ta shartdan iborat bo‘lib, har bir shartda xonandalar o‘z iste’dodi, ovoz imkoniyatlari va ijrochilik mahoratini namoyish etadilar.

Tanlovda hakamlar hay’ati yo‘q, g‘olibni to‘liq tomoshabinlarning ovozi belgilaydi. Tomoshabinlar «Belet» platformasiga kirib, mashhur xonandalarning chiqishlarini tomosha qilishlari hamda o‘zlariga ma’qul kelgan san’atkorga «Siziň sesiňiz» («Sizning ovozingiz») bo‘limida ovoz berishlari mumkin.

«Tarap» ko‘rsatuvining birinchi sonida Jahan bag‘shi hamda Ybraiym Niyazmyradov o‘zaro kuch sinashadilar.