
“Biznes reklama” gazetasi tahririyati Turkmanistonning Magtimquli nomidagi Yoshlar tashkiloti Markaziy kengashi hamda Turkmaniston Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi Markaziy kengashi bilan hamkorlikda “Köken” nomli gazeta topishmoqlarini (krossvord, skanvord, chaynvord) tuzish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Tanlov nizomi gazetaning bugungi sonida chop etildi.
Nizomga muvofiq, tanlov turkman xalqining milliy iftixori bo‘lgan axaltaka otlari, otchilik san’ati va turkman otshunosligiga oid savollar asosida tayyorlangan krossvord, skanvord va chaynvordlarni tuzish bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tanlovga taqdim etiladigan ishlar qog‘oz ko‘rinishida (tayyor chizma shaklida, javoblari joylashtirilgan holda) hamda elektron formatda (PDF yoki JPG) qabul qilinadi.
Tanlovda Turkmanistonning 35 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga taqdim etiladigan ishlar 30-aprelga qadar qabul qilinadi.
Tanlov ishtirokchilari yuboriladigan ishlarga o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni (o‘qish, ish va yashash joyi manzili, telefon raqami) ilova qilib, quyidagi manzilga jo‘natishlari lozim: Ashxobod shahri, Bitarap Türkmenistan shohko‘chasi, 593-uy. E-mail: br.gazeti@gmail.com. Telefon raqamlar: +993 12 23 77 95, +993 12 23 77.
Tanlov g‘oliblari maxsus tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi may oyining birinchi o‘n kunligida Bolqon viloyatining Magtimquli tumanida bo‘lib o‘tadi. G‘oliblarga tashkilotchilarning Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Keywords