Birlashgan Millatlar Tashkilotining Turkmanistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Syaoszyun Greys Van Turkmenistan gazetasiga bergan intervyusida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha texnologiyalar mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusi katta kelajakka ega ekanligini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu markaz fan, siyosat, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va innovatsiyalarni bir xil platformada jamlab, iqlim o‘zgarishiga moslashish, suv resurslarini boshqarish, qayta tiklanadigan energetika hamda ekotizimlarni muhofaza qilish kabi masalalarda amaliy yechimlarni tezlashtirishga xizmat qiladi.
BMT muvofiqlashtiruvchisi, shuningdek, BMT Kaspiy mintaqasida hamkorlikni rivojlantirishda Turkmanistonning yetakchiligini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi. U murakkab global muammolarni hech bir mamlakat yakka o‘zi hal qila olmasligini uqtirib o‘tdi.
Muvofiqlashtiruvchi Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiya hamda Tehron konvensiyasi birgalikdagi harakatlar uchun muhim poydevor ekanini aytdi. Turkmaniston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan «2028-yil — Xalqaro huquq yili» rezolutsiyasi ham samarali hamkorlik mustahkam institutlar va xalqaro huquqqa hurmatga bog‘liq ekanini eslatadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.