
Turkmaniston Davlat bojxona xizmati huzuridagi O‘quv markazi vakillari Butunjahon Bojxona Tashkilotiga (BJT) a’zo davlatlar tomonidan tashkil etilgan mintaqaviy idoralar va ushbu tashkilot Kengashi raisi o‘rinbosarlari idoralarining 21-global majlisida videaloqa orqali ishtirok etdilar. Bu haqda Turkmaniston Davlat bojxona xizmatining rasmiy veb-saytida xabar berildi.
Xabarda ta’kidlanganidek, tadbir davomida BJT mintaqaviy tuzilmalarining hozirgi faoliyati, mintaqaviy o‘quv markazlari o‘rtasida eng yaxshi tajriba almashish va bojxona organlarining salohiyatini rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi. Elektron ta’lim va raqamli platformalarni joriy etishga hamda masofaviy ta’limdan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
Turkmaniston vakillari BJTning yangi imkoniyatlarni oshirish tashabbuslari bilan tanishdilar. Olingan ma’lumotlar ta’lim dasturlarini takomillashtirish va bojxona sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi ishlarda qo‘llaniladi.
Keywords