Aralash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha taniqli turkmanistonlik polvon Dovlatjon Yaxshimurodov navbatdagi mas’uliyatli uchrashuvini o‘tkazmoqda.
«PFL» tashkilotining yarim og‘ir vazn toifasidagi jahon reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan vatandoshimizning raqibi mazkur reytingning beshinchi pog‘onasida borayotgan ingliz jangchisi Saymon Pauell bo‘ladi. Sportchilar AQShning Nyu-York shtati Long-Aylend tumanidagi «UBS Arena» sport majmuasida kuch sinashadilar.
Turkmanistonlik sportchi o‘zining rasmiy TikTok sahifasida musobaqa sanasida o‘zgarish bo‘lganini ma’lum qilib, beshinchi bosqich doirasidagi ushbu o‘ta muhim uchrashuv avgust oyining 7-kunida o‘tkazilishini bildirdi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.