
Shahar ichidagi transport harakatini tashkil etish va yo‘l infratuzilmasi eng muhim elementlardan biridir. AQSh va Xitoy dunyodagi eng uzun yo‘l tarmoqlariga ega mamlakatlar hisoblanadi. Xitoyda avtomobil yo‘llari 190 700 kilometrni tashkil etadi. Xitoy faqat yo‘l qurish bilan cheklanmay, yo‘l infratuzilmasi uchun aqlli yechimlar ham ishlab chiqmoqda. Shulardan biri Chonqing shahridagi avtomobil aylanma yo‘li hisoblanadi.
Huanshiyuan deb ataladigan ushbu aylanma shahar markazining sharqida, Yangtze daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Shahar markaziga keladigan ikki tezkor yo‘lni bog‘laydigan aylanma haydovchilarni sinovga qo‘yadi. Besh qavatli aylanma 20 yo‘nalishga bo‘lingan. 16 kilometr uzunlikdagi labirintning balandligi 37 metrni tashkil qiladi, bu esa 12 qavatli binoga tengdir. Birinchi qavatda 8 kirish mavjud. Agar haydovchi noto‘g‘ri halqaga kirsa, yuzlab kilometr yo‘l bosib, yana aylanmaga qaytishi kerak bo‘ladi. Shu sababli haydovchilar kirishdan oldin marshrut va ko‘priklarni onlayn xarita orqali tekshiradi. Huanshiyuan aylanmasining qurilishi 2009 yilda boshlandi va 2017 yilda foydalanishga topshirildi.
Keywords