
Turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov seshanba kuni do‘stona tashrif bilan Xitoy poytaxti Pekin shahriga keldi.
“Watan habarlary” ko‘rsatuvining xabar berishicha, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Ashxobod xalqaro aeroportida rasmiy shaxslar bilan qisqa suhbat o‘tkazib, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barqaror va izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.
Pekin aeroportida Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston va Xitoy rasmiy vakillari kutib oldilar.
Avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ushbu tashrif Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 17–19-mart kunlari amalga oshirilishini ma’lum qilgan edi.
Turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 2023-yilning oktyabr oyida ham Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurgan edi.
Keywords