Kecha turkman xalqining Milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Vatan» xabarlar dasturida ma’lum qilindi.

Turkman xalqining Milliy yetakchisi va Qozog‘iston Prezidenti bir-birlarini samimiy qutlab, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarining hozirgi yuqori darajasini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Qahramon Arkadag avvalo Qosim-Jomart Toqayevga Turkmaniston va Qozog‘iston Respublikasi, shuningdek, ikki xalq o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona, qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik bildirib, muhim siyosiy voqea — Qozog‘iston Respublikasi Qurultoyining ilk saylovlari o‘tkazilgani munosabati bilan Turkmaniston Prezidentining, shuningdek, shaxsan o‘z nomidan tabriklarini izhor etdi.

O‘z navbatida, Qosim-Jomart Toqayev tabriklar va ezgu tilaklar uchun turkman xalqining Milliy yetakchisiga minnatdorlik bildirib, Turkmanistonning qo‘llab-quvvatlashini hamda Qozog‘iston uchun tarixiy voqea bo‘lgan parlament saylovlariga Qahramon Arkadag shaxsan e’tibor qaratganini yuqori baholashini ta’kidladi.

Telefon muloqoti yakunida turkman xalqining Milliy yetakchisi va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev an’anaviy turkman-qozoq munosabatlari bundan buyon ham muvaffaqiyatli rivojlanishiga ishonch bildirib, ikki mamlakat qardosh xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.