
Turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Xitoyga amalga oshirgan do‘stona tashrifi davomida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga o‘zi uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda mamlakatga tashrif bilan kelish haqidagi taklifnomasini topshirdi.
Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston va Xitoyning xalqaro maydondagi hamkorligi bundan buyon ham rivojlanishiga va mustahkamlanishiga ishonch bildirib, hozirgi vaqtda tomonlarning izchil sa’y-harakatlari natijasida buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganiga e’tibor qaratdi. Bu haqda chorshanba kuni Turkmaniston rasmiy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
XXR Raisi Xitoy uchun Turkmaniston Markaziy Osiyodagi eng ishonchli hamkor ekanligini, Xitoyda mamlakatning doimiy Neytrallik siyosati yuqori baholanishini va qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi mamlakatning “Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash” strategiyasini Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi bilan uyg‘unlashtirish doirasida transport-logistika sohasida hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilayotganiga to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ildizlari qadimgi Buyuk Ipak yo‘li davridan boshlanadigan turkman-xitoy munosabatlari ikki davlat xalqlari manfaati yo‘lida keng ko‘lamli yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanishiga ishonch bildirib, bir-birlariga ezgu tilaklar bildirdilar.
Keywords