Ish intervyusidan muvaffaqiyatli o'tish nafaqat kuchli rezyumega, balki keng tarqalgan xatolarga yo'l qo'ymaslikka ham bog'liq. Tajribali rekruterlar nomzodlar suhbat chog'ida eng ko'p yo'l qo'ydigan 10 ta asosiy xatoni ma'lum qildilar.
Bulardan asosiylari — noto'g'ri kiyinish, bo'sh qo'l siqish, sobiq ish beruvchilarni yomonlash hamda kompaniya haqida umuman ma'lumotga ega bo'lmaslikdir. Shuningdek, ekspertlar birinchi uchrashuvdayoq imtiyozlar yoki kasallik nafaqasi haqida so'ramaslikni, hayajondan ortiqcha gapirib yubormaslikni va vaqtga qat'iy rioya qilishni maslahat berishadilar. Kompaniyaga bo'lgan chinakam qiziqish va ozgina tayyorgarlik yuzlab raqobatchilar orasida ajralib turishga yordam beradi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.